Simeone Depayning jarohatiga munosabat bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 22:42
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoa hujumchisi Memfis Depay jarohat olgani va UYEFA Chempionlar ligasi chorak finalida Dortmundning “Borussiya” jamoasi bilan ikkala o‘yinni ham o‘tkazib yuborishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

"Memfis biz uchun muhim futbolchi, afsuski, klub uchun shunday muhim vaqtda jarohat oldi. Lekin, har doimgidek, uning yo‘qligi muammosini hal qilish uchun yechim izlaymiz", - dedi Simeone Mundo Deportivo bilan suhbatda.

Oldinroq Madrid klubining niderlandiyalik hujumchisi Memfis Depay mushaklaridan jarohat olgani ma’lum bo‘lgandi. OAV xabariga ko‘ra, futbolchi taxminan 3-4 haftani o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, 10 aprel kuni Ispaniyada UYEFA Chempionlar Ligasi chorak final bosqichining ilk uchrashuvi Madridning "Atletiko" hamda Dortmundning "Borussiya" klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi. Javob o‘yini 16 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati