Ryudiger: Men o‘ynagan boshqa klublarni Real bilan taqqoslab bo‘lmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 22:38
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger "Los-Blankos"ning jahon futbolidagi mavqei haqida fikr bildirdi.

"Men o‘ynagan va buyuk klublar maqomiga ega bo‘lgan boshqa klublarga hurmat saqlagan holda aytamanki, ularni "Real" bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Uning hisobida 14 ta Chempionlar Ligasi kubogi bor. Bu klubda har doim Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish haqida, hatto baland ovozda aytilmasa ham.

Albatta siz bosimni his qilasiz, men buni o‘tgan yili ham boshdan kechirganman. Bu yerda siz oxirigacha borishga tayyor bo‘lishingiz kerak. Har doim g‘alaba qozonish haqida o‘ylash kerak. Durang yoki mag‘lubiyat shunchaki variant emas", - dedi Ryudiger Marca bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning yozida "Real"ga o‘tishdan oldin Ryudiger "Chelsi", "Roma" va "Shtutgart"da o‘ynagan.

Bugun, 9 aprel kuni Chempionlar ligasining chorak finalida "Los Blankos" "Manchester Siti"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati