Ronaldu transferidan keyin «An-Nasr» 5 ta turnirda mag‘lub bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 22:32
“An-Nasr” Krishtianu Ronaldu kelganidan beri beshta turnirda g‘alaba qozona olmadi.8 aprel sanasida “An-Nasr” Saudiya Arabistoni Superkubogi yarim final bosqichida “Al-Hilol”ga imkoniyatni boy berib (1:2) musobaqadan chiqib ketdi. Ronaldu bu o‘yinda qizil kartochka oldi.Bu Ronaldu kelganidan keyin “An-Nasr”ning turnirlardagi beshinchi mag‘lubiyati hisoblanadi.Bu mavsumda jamoa allaqachon Osiyo Chempionlar Ligasidagi yurishini to‘xtatdi, Saudiya Arabistoni chempionatida esa peshqadam “Al-Hilol”dan 12 ochko ortda qolmoqda. Klub hali ham Saudiya Arabistoni Qirol kubogini qo‘lga kiritishi mumkin, jamoa yarim finalda yana “Al-Hilol” bilan o‘ynaydi. Bu o‘yin 1 may kuni bo‘lib o‘tadi.O‘tgan mavsumda “An-Nasr” chempionatda ikkinchi o‘rinni egalladi. Saudiya Arabistoni Superkubogida jamoa yarim finalda “Al-Ittihod”ga (1:3) mag‘lub bo‘lib o‘z yurishini to‘xtatdi va Qirol kubogi musobaqasida yarim finalida “Al-Vahda”ga imkoniyatni boy bergan edi. Ronaldu transferidan buyon “An-Nasr” bitta sovrinni qo‘lga kiritdi – o‘rtoqlik turniri hisoblangan Arab chempionlari klublari kubogi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati