Depay Kataloniyaga qaytishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 22:14
Hujumchi Memfis Depay yozgi transfer oynasida "Atletiko"ni tark etadi. Bu haqda TodoFichajes nashri ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 30 yoshli Depayga "Jirona" qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi Chempionlar ligasiga yo‘llanma olsa niderlandiyalik futbolchini qo‘lga kiritishga urinib ko‘rishi mumkin.

Depayning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali forvardni 12 million yevroga baholamoqda.

"Jirona" hozirda La Liga turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Kataloniyaliklar beshinchi o‘rindagi "Atletik"dan 9 ochko oldinda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati