Vitsel: Qur’ada Borussiyaga qarshi tushganimizda xursand bo‘lmadik

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 21:00
"Atletiko" yarim himoyachisi Aksel Vitsel Chempionlar ligasi chorak finalida Dortmundning "Borussiya" jamoasiga qarshi birinchi o‘yindan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Qur’ada Dortmundga tushganimizda, "Manchester Siti" yoki boshqa klublarga tushganimizda ko‘ra ko‘proq xursand bo‘lmadik. Chunki Chempionlar ligasida - umuman futbolda ham oson o‘yinlar bo‘lmaydi. "Borussiya" juda yaxshi jamoa. Men Dortmundda to‘rt yil o‘tkazdim va bu ajoyib vaqt edi. Ular qattiq pressing qilishadi, ularda juda tez o‘yinchilar bor, shuningdek, maydon o‘rtasidan hujumni rivojlantirishda zo‘r futbolchilar bor.

"Atletiko"ning quruq o‘yinlari borasidagi muammosi? Bu biz ustida ishlashimiz kerak bo‘lgan narsa, buni hammamiz tushunamiz. Agar ertaga gollardan qochib qutula olsak, bu ajoyib bo‘ladi, lekin biz bu jihatni yaxshilashimiz kerakligini tushunamiz", - dedi Vitsel UYEFA matbuot xizmatiga.

"Atletiko Madrid" - "Borussiya" uchrashuvi 10 aprel kuni Madridda bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati