Fletcherning MYU taqdiri ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 20:54
"Manchester Yunayted" seshanba kuni Jon Murto klubning futbol direktori lavozimidan iste’foga chiqqanini e’lon qildi.

TalkSPORT sport nashri Darren Fletcher klubda qolishini tushunadi. 40 yoshli shotlandiyalik mutaxassis "qizil iblislar" safida yangi rolga kirishishi kutilmoqda.

2021 yilning mart oyidan beri Fletcher "Manchester Yunayted"ning texnik direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

Ilgari Darren klubda Ole-Gunnar Sulsherning murabbiylar shtabida va yoshlar jamoasi murabbiyi sifatida ishlagan.

Darren Fletcher - "Manchester Yunayted" akademiyasining bitiruvchisi. Shotlandiyalik murabbiy 2001-2015 yillarda "qizil iblislar"ning asosiy jamoasida o‘ynagan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati