Van Persi Niderlandiya klubi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 20:46
Robin van Persi Niderlandiyaning "Xerenven" klubi bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlar qatorida.

De Telegraaf nashri xabariga ko‘ra, yosh mutaxassis allaqachon ushbu klub rahbariyati vakili bilan aloqaga chiqqan. Van Persi hozirda 18 yoshgacha bo‘lgan toifadagi "Feyenoord" yoshlar jamoasiga ustozlik qilmoqda. Robinni yoshlarga singdiradigan hujumkor uslubi uchun klubda yuqori baholanadi.

Van Persi kelasi yildan yoshi kattaroq - 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar bilan ishlashni boshlashi kutilgandi.

"Xerenven" ayni damda Niderlandiya chempionati turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati