Kanselu Man Sitining Barsa bilan kelishishiga umid qilmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 25
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 13:42
Kataloniyaning “Barselona” klubining o‘ng qanot himoyachisi Joau Kanselu yana kamida bir mavsum “ko‘k-anorranglilar” lagerida qolish umidini yo‘qotmayapti.

Insayder Fernando Polo bergan ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik ijarani yana bir mavsumga uzaytirishga rozi bo‘ladi. Yoki bo‘lmasa, agar "Barsa" uni sotib olmoqchi bo‘lsa, "Man Siti" 20 million yevroga transfer narxini tushirib berishi mumkin. 

Manbaga ko‘ra, agent Xorxe Mendesh mijozining talablarini amalga oshirish uchun tez orada "Manchester Siti" rahbariyati bilan uchrashadi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" ham 29 yoshli Kanseluning qolishini istamoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati