Zakot berishni kimdan boshlagan yaxshi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 24
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 13:40
Zakotni o‘zaro tug‘ilish aloqasi bo‘lganlar, ya’ni, ota-onasi, bobo-momosi, o‘g‘il-qizlari va ularning farzandlari, er-xotinlik aloqalari bo‘lganlar, ya’ni, er yoki xotinga berishi mumkin emas. Shuningdek, o‘zga din vakillari, nisob miqdoricha moli bo‘lgan kishilarga ham zakot berilmaydi.

Aka-uka, opa-singillarga kelsak, ushbu savolga mo‘tabar fatvo kitoblarimizda shunday javob berilgan:

“Zakot, fitr va nazrni berishda eng afzali avvalo aka-uka, opa-singillar hisoblanadi. So‘ng ularning farzandlari. Ulardan keyin amaki-ammalar, so‘ng ularning farzandlari. Keyin tog‘a-xolalar va ularning farzandlari, so‘ng yuqoridagilardan boshqa qarindoshlar. Ulardan keyin navbat bilan qo‘shnilar, hamkasblar, hamshaharlar yoki qishloqdoshlar haqlidirlar” (Fatavoi hindiyya).

“Bahrur roiq” kitobida: “Qarzi bor kishiga zakot berish faqirga zakot berishdan ko‘ra afzaldir”, deyilgan.

Demak, agar aka-uka yoki opa-singillar zakot berish nisobiga ega bo‘lishmasa zakot berish uchun eng afzal kishilar hisoblanar ekan. Zakot berishni yaqin qarindoshlardan boshlansa, ham Alloh taoloning buyrug‘i ado bo‘ladi, ham qarindosh-urug‘lik rishtalari mustahkamlanadi. Silai rahmga amal qilish – Alloh taoloni rozi qiladigan ishlardan biridir. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
fatvo hay’ati.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati