Krishtianu Ronaldu qizil kartochka sabab 2 o‘yinga chetlatilishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 23
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 20:00
Krishtianu Ronaldu chetlatilgani ortidan kamida 2 o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi mumkin.8 aprel sanasida, Saudiya Arabistoni Superkubogi doirasidagi “Al-Hilol” — “An-Nassr” (2:1) uchrashuvida Ronaldu qizil kartochka oldi.Hodisa “Al-Hilol” futbolchisi Ali Al-Bulayhining to‘pni maydondan chiqarib yuborish jarayonida sodir bo‘ldi. Futbolchi maydondan chiqib ketgan to‘pni darhol egallab olishga urindi, biroq Ronaldu o‘z vaqtida yetib keldi va to‘pni uning qo‘lidan chiqarib olib qo‘ydi.Natijada, Al-Bulayhi va Ronaldu o‘rtasida tushunmovchilik yuzaga keldi. Futbolchi Ronalduning zarbasidan keyin maysaga yiqilib, portugaliyalik futbolchi uning yuziga tirsak bilan zarba berganini iddao qildi. Jamoalar futbolchilari o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqdi va bosh hakam Ronalduga qizil kartochka ko‘rsatdi.Bunga javoban portugaliyalik hakamga musht tushirmoqchidek ishora qildi, so‘ng maydonni tark etayotganda qarsak chaldi.“O‘yin bosh hakami Muhammad Al-Huvaysh hisobotida Ronaldu “ortiqcha kuch” ishlatib, raqibini tirsagi bilan urib, “tajovuzkor” xatti-harakatlar qilganini yozdi”, — deb xabar beradi Al Riyadiya.Saudiya Arabistoni futbol federasiyasi qoidalariga ko‘ra, tajovuzkor xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ygan futbolchi ikki o‘yinga diskvalifikasiya qilinadi va 20 ming riyal miqdorida jarimaga tortiladi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati