• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025–2026-yillarga mo‘ljallanmoqda – prezident qarori

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025–2026-yillarga mo‘ljallanmoqda – prezident qarori

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 48
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 13:38
2025−2026-yillarda O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda 2024 yil 4 mart kuni prezident imzolagan qaror ilovasida belgilab qo‘yilgan.

Prezident qarori bilan tasdiqlangan rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasida Prezident huzuridagi Statistika agentligiga 2025−2026-yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

Yo‘l xaritasida 2024 yil davomida agentlik aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini davom ettirishi belgilangan.

Jumladan:

Aholini ro‘yxatga olish esa 2025−2026-yillarda o‘tkazilishi, natijalar 2026−2027-yillarda tayyorlanishi va e’lon qilinishi belgilangan.

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish umummilliy tadbiri 2022 yilda o‘tkazilishi kerak edi. Keyinchalik koronavirus pandemiyasi tufayli mazkur tadbirni o‘tkazish muddati uzaytirildi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati