Kapadze Qatardagi musobaqa uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 19:00
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze 15 aprel – 3 may kunlari Qatarda o‘tadigan U23 Osiyo kubogi uchun 23 o‘yinchidan iborat ro‘yxatni e’lon qildi. Ro‘yxatdan Abbos Fayzullayev, Abdqodir Husanov va Hojimat Erkinov o‘rin olmadi. O‘zbekiston futbol assosiasiyasining ma’lum qilishicha, hozirda legioner futbolchilarimizni  musobaqaga jalb qilish borasida muzokaralar davom etmoqda. Shu bois ro‘yxat turnir yakunigacha o‘zgarishi mumkin.Ushbu ro‘yxatdan quyidagi futbolchilar o‘rin olgan. Darvozabonlar: Vladimir Nazarov (“Paxtakor”), Hamidullo Abdunabiyev (“Olimpik”), Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”);Himoyachilar: Muhammadqodir Hamraliyev (“Paxtakor”), Odilbek Abdumajidov (“Dinamo”), Saidazamat Mirsaidov (“Olimpik”), Mahmud Mahamadjonov (“Bunyodkor”), Alibek Davronov (“Nasaf”), Zafarmurod Abdirahmatov (“Nasaf”), Asadbek Rahimjonov (“Olimpik”), Ahmadillo Muqumjonov (“Olimpik”);Yarim himoyachilar: Ibrohim Ibragimov (“Olimpik”), Jasurbek Jaloliddinov (“Neftchi”), Abdurauf Bo‘riyev (“Olimpik”), Umarali Rahmonaliyev (“Rubin”), Behruz Asqarov (“Paxtakor”), Diyor Xolmatov (“Paxtakor”);Hujumchilar: Ulug‘bek Hoshimov (“Surxon”), Otabek Jo‘raqo‘ziyev (“Olimpik”), Husayn Norchayev (“Neftchi”), Ruslanbek Jiyanov (“Navbahor”), Alisher Odilov (“Olimpik”), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (“Paxtakor”).












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati