Saloh uchun 80 million taklif qilinadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 17:54
Muhammad Saloh yozgi transfer oynasida “Liverpul” jamoasini tark etishi mumkin. Mish-mishlar uzoq vaqtdan beri misrlik futbolchini Saudiya Arabistoniga o‘tishi bilan bog‘lab keladi.

TalkSPORT nashri xabar berishicha, “Al-Ittihod” yozda Saloh uchun taklif bilan chiqishga tayyor. Manbaga ko‘ra, saudiyaliklar yulduz forvard uchun 70 million funt (hozirgi kurs bo‘yicha 81,7 million yevro) to‘lashga tayyor.

2023/2024 yilgi mavsumda Muhammad Saloh 35 ta rasmiy o‘yin o‘tkazdi. Ularda forvard 23 ta gol urgan va sheriklariga 13 ta golli uzatma bergan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati