Raqamlashtirish arxiv ishiga qay darajada qulaylik yaratadi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 13:36
Arxivlar kadastrning “yuragi” sanaladi. Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan tasdiqlangan buyruqqa ko‘ra, 2024 yilda filiallar arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarni raqamlashtirish va ularning hisobini to‘g‘ri yuritishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

– Raqamlashtirish birinchidan arxiv ishining samaradorligini oshiradi, – deydi Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasining bosh mutaxassisi Farrux Abdullayev. – 2024 yil Davlat kadastrlar palatasida “Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularning hisobini to‘g‘ri yuritishni yo‘lga qo‘yish yili” deb belgilandi. Avvallari kadastr hujjatlari ko‘cha yoki mahalla kesimida joylashtirilgan bo‘lsa, hozirda qidiruv tizimi joriy etilib, bunda stellajlar, polka va hujjatlar raqamlanadi. Bu hujjatlarni tez topish imkonini yaratib beradi.

Raqamlashtirish ishida, avvalo, har bir hujjatdan nusxa (skayner) olish, raqamlash va dasturga yuklash, so‘ng qayta tikib, hujjatdagi har bir kamchilikni eslatma shaklida belgilab chiqish lozim bo‘ladi. Bularni bajarish uchun esa, albatta, filial arxivchisiga qo‘shimcha kuch kerak bo‘ladi. Arxiv hujjatlarni raqamlashtirish va hisobga olish keyinchalik soha xodimlari ish ko‘lamini osonlashtiradi. Natijada xodimlar elektron dasturdan xohlagan vaqtda, istalgan hujjatni topishlari mumkin. Yana bir jihat – raqamlashtirish soha xodimlari qamrovi kamayishiga sabab bo‘lmaydi.

Davlat kadastrlar palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi misolida aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda bu yerda jami 210 670 ta ko‘chmas mulk bo‘lib, shundan 20 177 tasi noturar ob’ekt, 190 495 tasi turar joy hisoblanadi.

Hozirgacha jami 24 804 ta turar joy, 20 177 ta noturar ob’ekt arxiv hujjatlari raqamlashtirilib, hisobga olindi. Qolgan obe’ktlarning hujjatlari ko‘rib chiqilib, hisobga olish va raqamlashtirish ishlari davom etmoqda.

Shu bilan birga, barcha tuman filiallarimiz arxiv xonalari qayta jihozlanishi, zamonaviy texnikalar bilan ta’minlashi, yong‘indan va boshqa hujjatlarga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan xavflardan himoyalanishi hamda hujjatlar tartibini to‘g‘ri yuritish, raqamlashtirish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda. Chunki kadastr yig‘majildlari umrbod saqlanadi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati