Enrike: Barselonaning barcha jarohat olgan futbolchilari PSJga qarshi o‘ynay olishlarini istardim

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 17:26
"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike "Barselona"ning jarohat olgan futbolchilari bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, ertangi parijliklarga qarshi o‘yinni Pedri va Gavi kabi futbolchilar o‘tkazib yuborishadi. Andreas Kristensen va Frenki de Yongning ishtiroki shubha ostida.

"Barselona"ning barcha jarohat olgan futbolchilari, shu jumladan Gavi ham "PSJ"ga qarshi o‘ynay olishlarini istardim. Men eng kuchli tarkib bilan o‘ynaydigan raqiblarni mag‘lub etishni afzal ko‘raman”, - dedi Enrike matbuot anjumanida.

Sariq kartochkalari ko‘payib ketgan o‘ng qanot himoyachisi Achraf Hakimiy ertangi o‘yinda "PSJ"ga yordam bera olmaydi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati