• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi Farg‘onada o‘tkazildi

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi Farg‘onada o‘tkazildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 47
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 13:16
Shu yilning 16 mart kuni Farg‘ona davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov, vazirlik markaziy apparati mas’ullari, davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov so‘zga chiqib, bugungi o‘quv seminari va vatanparvarlik targ‘ibotining yoshlar uchun ahamiyati xususida gapirib, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtaldi.

FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov tomonidan «Farg‘ona davlat universitetida talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi» mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimotda Prezidentimiz tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi, xususan, talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘nalishida vertikal tizimning asosiy vazifalari, ularni amalga oshirish mexanizmi ilgari surildi.

Tadbirda yoshlar ongida Vatanga muhabbat, yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘usini yanada kuchaytirish bo‘yicha yangi takliflar ilgari surildi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati