Tuxel: Oxirigacha kurashaman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 10
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 12:46
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel nemis klubidagi kelajagi haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq mutaxassis joriy mavsum yakunida "Bavariya"ni tark etishini aytgandi.

Tuxelning so‘zlariga ko‘ra, u myunxenliklar ustozi sifatidagi so‘nggi uchrashuvlarida bor kuchini berish niyatida.

"Men so‘nggi o‘yingacha "Bavariya"ga borimni beraman. Murabbiylar shtabi va men eng qattiq tanqidchilarmiz. Buni oxirigacha ko‘ramiz. Biz shu haqda kelishib oldik", - deya Tuxelning so‘zlarini keltirgan Bild.

Bugun, 9 aprel kuni “Bavariya” Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalining birinchi o‘yinida “Arsenal”ga qarshi maydonga tushadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati