Indzagi futbolchisini e’tirof etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 12:32
"Inter" bosh murabbiyi Simone Indzagi Italiya A Seriyasining kechagi bahsida "Udineze" darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritgan yarim himoyachi Davide Frattezining o‘yini haqida gapirdi.

“Frattezi jamoaga yaxshi mos tushdi. Ko‘raman, u doim o‘ynashni xohlaydi. Davide bu mavsumda muhim gollarni urdi. Masalan, "Verona"ga qarshi o‘yinda. Men uning o‘yinidan juda mamnunman”, dedi Indzagi matbuot anjumanida.

Frattezi bu mavsumda "Inter"ning asosiy tarkib futbolchisi emas. Italiyalik futbolchi ushbu chempionatning 25 o‘yinida bor-yo‘g‘i 620 daqiqa o‘ynadi, biroq 5 gol va 2 golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati