Yuventus yangi bosh murabbiy bilan kelishuvga erishdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 07:34
"Yuventus" jamoasi bo‘lajak bosh murabbiy borasida bir qarorga keldi.

Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, Turin klubi rahbariyati "Yuventus"da Massimiliano Allegrining o‘rnini bosadigan "Bolonya" ustozi Tiago Motta bilan prinsipial kelishuvga erishgan.

Motta 2018 yilda faoliyatini yakunlagan. Uning so‘nggi klubi Fransiyaning "PSJ" klubi bo‘lgan. 2018/2019 yilgi mavsumda Motta Parijning 19 yoshgacha bo‘lgan jamoasini, 2019 yilning oktyabridan dekabrigacha Italiyaning "Jenoa" jamoasini, 2021/2022 yilgi mavsumda esa "Spesiya"ni boshqargan.

Joriy mavsumda Motta boshchiligidagi "Bolonya" A Seriyada 31 ta o‘yindan so‘ng 58 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. "Yuventus" uchinchi o‘rinda, Massimiliano Allegri shogirdlarida 62 ochko bor.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati