Al-Hilol: Ronaldu mag‘lubiyatga uchrashga o‘rganmagan

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 07:30
"Al-Hilol" bosh murabbiyi Jorxe Jezus Saudiya Arabistoni Superkubogi yarim finalida "An-Nasr" (2:1) hujumchisi Krishtianu Ronalduning chetlatilishiga izoh berdi.

"Ronaldu dunyodagi eng muhim futbolchilardan biri va ko‘pchilik uchun o‘rnak, lekin u faoliyatida mag‘lubiyatga o‘rganmagan, shuning uchun u mag‘lub bo‘lganda o‘zini yo‘qotishi, shuningdek, hissiy va ruhiy konsentrasiyani yo‘qotishi tabiiy", - dedi Jezus O jogo bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, 86-daqiqada Ronaldu raqibga tirsagi bilan zarba bergani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgandi. Portugaliyalik futbolchi maydondan chetlatilgach, sardorlik bog‘ichini sherigiga tashlab, orqasiga o‘girilib, hakam tomon burildi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati