• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Niger harbiy xuntasi mamlakat hududida AQSh harbiy bazalarini joylashtirishga ruxsat beruvchi kelishuvni bekor qildi — Reuters

Niger harbiy xuntasi mamlakat hududida AQSh harbiy bazalarini joylashtirishga ruxsat beruvchi kelishuvni bekor qildi — Reuters

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 12:46
Agentlik bu haqda rejim matbuot kotibi polkovnik Amadu Abdramanga tayanib xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, amerikalik rasmiylar, xususan, AQSh Davlat kotibining Afrika masalalari bo‘yicha yordamchisi Molli Fi va Pentagonning Afrikadagi qo‘mondonligi rahbari Maykl Lenglining 12 mart kuni mamlakatga favqulotda tashrifi ortidan shunday qaror qabul qilingan.

Niger muvaqqat hukumatining rasmiy vakili o‘z chiqishida Amerika delegasiyasi diplomatik protokolni buzganini va Niger rasmiylariga delegasiya tarkibi, uning kelish sanasi va kun tartibi haqida ma’lumot berilmaganini bildirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Niger hududida Qo‘shma Shtatlarning 1,1 mingga yaqin harbiysi va dronlar bazasi mavjud.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati