«Barselona» Bernarduning transfer pulini bo‘lib-bo‘lib to‘lamoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 06:00
Kataloniyaning "Barselona" klubi yozgi transfer oynasida "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silvani qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Bu haqda "Sport" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar prezidenti Joan Laporta 29 yoshli portugaliyalik futbolchining 55-60 million yevrolik tovon pulini bo‘lib-bo‘lib to‘lashni taklif qiladi. Eslatib o‘tamiz, bu tovon puli miqdori faqat "Barselona" uchun amal qiladi.

Bernardu joriy mavsumda 39 ta o‘yinda 9 ta gol urib, 5 ta golli pas berdi. Uning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha tuzilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati