«Atletiko» yarim himoyachisi jiddiy jarohatdan so‘ng safga qaytdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 05:42
"Atletiko Madrid" yarim himoyachisi Toma Lemar umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Futbolchi sentyabr oyida olgan jarohati sabab anchadan beri maydonga tushmayapti. Jarohatdan oldin u La Liganing atigi uchta uchrashuvida qatnashgan.

Mashg‘ulotlarga qaytganiga qaramay, 28 yoshli yarim himoyachi 10 aprel kuni Chempionlar ligasi chorak finalida Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o‘ynamaydi. Uning maydonga qaytishining aniq vaqti keyinroq ma’lum bo‘ladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati