«Inter»ga g‘alaba keltirgan gol muallifi: «Hozircha Skudetto haqida o‘ylamayapmiz»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 05:38
Italiya chempionati 31-turining so‘nggi uchrashuvida Milanning “Inter” jamoasi “Udineze” ustidan irodali g‘alabaga erishib (2:1), chempionat jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi. Ushbu uchrashuvda g‘alaba golini 95-daqiqada Davide Frattezi kiritdi. O‘yindan so‘ng ushbu o‘yindagi g‘alaba goli muallifi o‘zining muvaffaqiyati haqida shunday dedi:

"Hozircha Skudetto haqida o‘ylamayapmiz, biz yana bir uchrashuvda g‘alaba qozondik va bu eng asosiysi. Mening golim yoqimli bo‘ldi, chunki u so‘nggi daqiqada urildi va undan oldin qiyin jang kechayotgandi", - deya Frattezi so‘zlarini keltiradi fcinter1908.it.

Italiya A seriyasining navbatdagi turida Milanning “Inter” klubi “Kalyari”ga qarshi maydonga tushadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati