Gabriel Jezus: «Oxirgi marta qachon og‘riqsiz futbol o‘ynaganimni eslolmayman»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 04:38
"Arsenal"ning braziliyalik hujumchisi Gabriel Jezus futbol o‘ynayotganda doimo jismoniy og‘riqni his qilishini aytdi. Eslatib o‘tamiz, hujumchi yaqinda tizzasidan olgan jarohatidan forig‘ bo‘lgandi, u jarohat sabab "kanonirlar" safida beshta uchrashuvni o‘tkazib yuborgandi.

“Ba’zida men tizzamda og‘riq his qilaman. Oxirgi marta qachon og‘riqsiz futbol o‘ynaganimni eslolmayman. Men ruhimni kuchli saqlashga harakat qilaman.

Yozda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan raqobatchilar? Ular buni xohlash yoki xohlamasliklarini allaqachon bilishadi. Mening vazifam qattiq mashq qilish va kerakli narsalarni yaxshilashdir. Lekin har doim shunday xabarlar bo‘ladi", - deya Jezusning so‘zlarini keltiradi BBC.

Joriy mavsumda Jezus klub uchun barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 70 million yevroni tashkil qiladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati