«Milan»ga «Real» yarim himoyachisi kerak

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 04:26
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Daniel Sebalyos yozda Italiyaning “Milan” jamoasiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, yarim himoyachi ko‘proq o‘yin tajribasi izlab "Los-Blankos" lagerini tark etish niyatida. Sebalyosga asosiy da’vogar "Milan" bo‘lib turibdi, u "Real" bilan yaxshi munosabatlar tufayli "Betis", "Atletiko Madrid" va boshqa bir qator Yevropa klublari futbolchisi uchun raqobatda g‘alaba qozonishga umid qilmoqda. Qayd etilishicha, milanliklar futbolchini anchadan beri kuzatib borishgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Sebalyos barcha turnirlarda 21 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati