Chalxano‘g‘li: Uzoq vaqtdan beri ilk bor penalti tepish vaqtida bosim sezdim

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 04:04
Italiya chempionati 31-turining so‘nggi uchrashuvida Milanning “Inter” jamoasi “Udineze” ustidan irodali g‘alabaga erishib, chempionat jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi. Jamoaning gollaridan birini turkiyalik yarim himoyachi Xoqon Chalxano‘g‘li penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirib, kiritdi. O‘yindan so‘ng u uzoq vaqtdan beri birinchi marta zarba berish paytida bosimni his qilganini tan oldi.

"Uzoq vaqtdan beri birinchi marta penalti tepish paytida bosim sezdim. Men yerlatib zarba berishga qaror qildim, chunki “Udineze” darvozabonining bo‘yi juda baland”, - deya turkiyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi fcinter1908.it.

A Seriyaning 31-turidan keyin “Inter” hisobida 82 ochko bor.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati