Indzagi Udineze ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikrini bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 03:26
Italiya chempionati 31-turining so‘nggi uchrashuvida Milanning “Inter” jamoasi “Udineze” ustidan irodali g‘alabaga erishib, chempionat jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi.

O‘yindan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Simone Indzagi o‘z fikrlarini bildirdi:

"Ajoyib o‘yin o‘tkazgan raqibni hurmat qilishim kerak. Ular xafa bo‘lishlari kerak emas. O‘ylaymanki, ular shunday o‘ynashda davom etishsa, chempionatda qolishadi. Lekin yigitlarimga ham maqtovlar. Bu "Inter" meni ilhomlantiradi", - deya Indzagi so‘zlarini keltiradi fcinter1908.it.

31-turdan keyin “Inter” hisobida 82 ochko bor. Jamoa keyingi turda “Kalyari”ga qarshi bahs olib boradi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati