Ajoyibot: Qo‘lda futbolka bilan... (video)

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-04-2024, 00:00
Urugvaylik sobiq hujumchi, chin goleador Diyego Forlan 2002 yili «MYU» — «Sautgempton» o‘yini (2:1)da chinakam shou ko‘rsatgan edi. Aniqroq aytsak, o‘sha vaqt «qizil iblislar» sharafini himoya qilgan to‘purar yakunda g‘alaba golini urgan, keyin ma’lum muddat futbolkasiz o‘ynagandi. Qanaqasiga?G‘alaba goli. O‘sha o‘yin tafsilotlariga to‘xtalsak, Diyego Forlan 84-daqiqada «Sautgempton» darvozasini nishonga oladi va «MYU»ni hisobda olib chiqadi - 2:1. Urugvaylik futbolchi ushbu qimmatli golini nishonlashda formasini yechadi, keyin ma’lum vaqt libossiz yugurishiga to‘g‘ri keladi. Chunonchi, Forlan xursandchilikni davom ettirayotgan pallada raqib darhol to‘pni o‘yinga kiritadi (vaziyat shuni taqozo etardi). Forlan esa futbolkasini kiyishga ham ulgurmaydi va uni qo‘lida ushlagancha yugurishga majbur bo‘ladi.Atigi 15 soniya, shunda ham effekt. Urugvay futboli faxri yarim yalang‘och holda atigi 15 soniya o‘ynaydi. E’tiborni tortadigan tomoni, futbolkasiz hujumchi shu qisqa vaqt ichida raqib bilan yakkakurashga kirishadi va ustun ham keladi. U shu asnoda «MYU»ni ehtimoliy goldan qutqarib qoladi. Lekin Forlan futbolkasini yechgani uchun jazoga tortilmagan. Gap shundaki, o‘shanda o‘yin vaqti maydonda forma yechish uchun sariq kartochka berilmasdi. Ya’ni bunday xatti-harakat hali taqiqlanmagan edi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati