Paketa APL grandi bilan kelishuvga erishdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 23:04
Lukas Paketa yozda "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin.

"Siti" o‘tgan yozda braziliyalik yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi. Klub futbolchi bilan shaxsiy shartnoma tafsilotlarini kelishib oldi, "Vest Xem" 110 million funt so‘radi.

Transfer yarim himoyachining ustidan o‘tkazilgan tergov tufayli amalga oshmadi - u pul tikish qoidalarini buzganlikda gumon qilingan.

Foot Mercato xabariga ko‘ra, "Siti" hali ham braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. U bilan o‘tgan yili erishilgan kelishuv hali ham amalda.

Joriy mavsumda Paketa APLda 25 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati