• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Navro‘z munosabati bilan Kinematografiya agentligi milliy filmlarning bepul namoyishini taqdim etadi

Navro‘z munosabati bilan Kinematografiya agentligi milliy filmlarning bepul namoyishini taqdim etadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 12:28
Yangilanish va yasharish ayyomi Navro‘z bayrami munosabati bilan Kinematografiya agentligi hamda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi «Har kuning bo‘lsin Navro‘z!» shiori ostida bir qator milliy filmlarning kinoteatrlardagi bepul namoyishini taqdim etadi.

Mazkur namoyishlar Navro‘z bayrami kunlari yurtdoshlarimizga munosib tuhfa bo‘lishi kutilmoqda.

Bayram kunlari «Yasha, xotin», «Osmondagi bolalar-3», «Abdulla Oripov», «Puling bo‘lsa…», «Orzular qanotida» kabi filmlarning namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Bayram tuhfasi sifatida taqdim etilayotgan filmlarning kinoteatrlardagi namoyishi 18-24 mart kunlari o‘tkaziladi, deb xabar qilmoqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati