Yurtimizda futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionatiga qizg‘in tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 21:32
Yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionatiga qizg‘in tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

Bugun o‘zbekiston futbol assosiasiyasida Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida o‘tkaziladigan futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga bag‘ishlangan tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda musobaqaning tashkiliy jarayonlari, xususan, butun dunyodan tashrif buyuradigan delegasiya va mehmonlarni munosib kutib olish, ularga barcha sharoitlarni taqdim etish, mehmonxonalardagi qulayliklar, arenalar va mashg‘ulot maydonlari sifatini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Jahon chempionati ishtirokchilari hamda mehmonlar xavfsizligiga alohida e’tibor qaratish, transport, marketing, translyasiya va tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarning takliflari o‘rganib chiqilib, mas’ullar tomonidan FIFA talablariga mos barcha sharoitlar yaratilishi zarurligi ta’kidlandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati