Abbos Fayzullayev: Chempionlik uchun poygadan chiqmadik

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 20:36
SSKA futbolchisi Abbosbek Fayzullayev jamoa chempionlik poygasida qoladimi, degan savolga javob berdi.

"Mening fikrimcha, ha. Biz birinchi o‘rin uchun kurashishimiz mumkin. Biz yaxshi o‘ynayapmiz", - dedi Fayzullayev "RB Sport" nashriga.

Hamyurtimiz "Zenit" bilan o‘ynab, g‘alaba qozonish mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Joriy mavsumda 20 yoshli futbolchi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

23-turdan so‘ng SSKA Rossiya Premyer-ligasi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati