Liverpul yangi bosh murabbiy bilan deyarli kelishuvga erishdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 19:42
Hammasi Yurgen Klopp ketganidan so‘ng Ruben Amorim "Liverpul" bosh murabbiyi bo‘lishi tomon ketmoqda.

Jurnalist Pedro Sepulvedaning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Angliya Premyer-ligasi giganti Amorimga uch mavsum - 2027 yilning o‘rtalariga qadar shartnoma taklif qilmoqda.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, "Liverpul" Amorim bilan kelishuvning moliyaviy shartlarini deyarli kelishib olgan. Muzokaralar jarayoni ijobiy ketmoqda.

Ruben Amorim hozirda "Sporting"ni boshqarmoqda. Jamoa Portugaliya chempionati turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. "Sherlar" "Benfika"dan 4 ochko oldinda va bir o‘yin kam o‘tkazgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati