Abbosbek Fayzullayev: Imkon qadar Bavariya haqida o‘ylamaslikka harakat qilyapman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 19:40
Moskvaning SSKA klubi vingeri Abbosbek Fayzullayev uni "Bavariya" bilan bog‘lab turgan mish-mishlar haqidagi savolga javob berdi.

Myunxen klubi 20 yoshli futbolchini kuzatib borayotgani avvalroq xabar qilingandi.

"Men bu haqda o‘ylamaslikka harakat qilaman. Mening SSKA bilan shartnomam bor va bor e’tiborimni faqat shunga qaratganman", - dedi hamyurtimiz "RB Sport" nashriga.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2023 yilning avgustidan buyon SSKA safida o‘ynab kelmoqda.

Joriy mavsumda "qizil-ko‘klar" tarkibida Fayzullayev barcha turnirlarni hisobga olgan holda 23ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 9ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Futbolchining SSKA bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Fayzullayevning narxini besh million yevroga baholagan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati