Evertondan yana ochko olib tashlandi!

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 18:14
Noyabr oyida "Everton" 2021/2022 yilgi mavsum yakunlangan davrda moliyaviy qoidalarni buzgani uchun 10 ochko olib tashlandi. Shundan so‘ng jamoa apellyasiya arizasi bilan chiqdi va jazo yengillashtirildi – to‘rt ochko jamoaga qaytarildi.

Endi "Everton"dan yana ikki ochko olib tashlandi. Sababi, 2022/2023 yilgi mavsumda yakunlangan davrdagi moliyaviy qoidabuzarliklar. "Everton" klubi yaqin orada bu qarorga apellyasiya berishi mumkin. "Everton" yana ikki ochkoni olib tashlagach, APL turnir jadvalida 15-o‘rindan 16-o‘ringa tushib ketdi.

Jamoa navbatdagi o‘yinni 15 aprel, dushanba kuni mehmonda "Chelsi"ga qarshi o‘tkazadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati