Kazemiro: Oxirgi 3 ta o‘yinda 9 ochko olish imkoniyatiga ega bo‘ldik

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 18:06
"Manchester Yunayted"ning tayanch yarim himoyachisi Kazemiro jamoasining Premyer-ligadagi so‘nggi uchta o‘yini haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, Erik ten Xag shogirdlari "Brentford" (1:1), "Chelsi" (3:4) va "Liverpul" (2:2) bilan o‘yinlarda ikki ochko olishga muvaffaq bo‘ldi.

"Oxirgi 3 ta o‘yinda 9 ochko olish imkoniyatiga ega bo‘ldik, ammo biz atigi 2 ochko oldik. Jamoaning hafsalasi juda pir bo‘ldi, biroq biz o‘yindan o‘yinga o‘tishimiz kerak. Endi bor e’tiborimizni "Bornmut" bilan bo‘ladigan o‘yinga qaratishimiz kerak. "Liverpul" bilan qayd etilgan durang? Har ikki jamoaning o‘z daqiqalari bo‘ldi. Uchrashuv yaxshi o‘tdi, biz o‘z uyimizda ancha kuchlimiz. Shunday bo‘lsa-da, biz ajoyib raqibga qarshi turdik", - dedi Kazemiro ESPN bilshan suhbatda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati