Barselonaga qarshi o‘yindan oldin PSJning ikki futbolchisi safga qaytdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 17:54
"PSJ"ning ikki futbolchisi Chempionlar ligasining birinchi chorak finalida "Barselona"ga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulotlarni davom ettirishdi.

Jurnalist Adriyen Grenyening xabariga ko‘ra, hujumchi Bredli Barkola va yarim himoyachi Uorren Zair-Emeri "Barselona" bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida jamoaning bugungi mashg‘ulotida qatnashgan.

Shu bilan birga, manba himoyachi Nordi Mukiyele parijliklarga aniq yordam bermasligini ham aniqlab berdi. Ashraf Xakimining diskvalifikasiyasini hisobga olsak, parijliklar ikkita o‘ng qanot himoyachisisiz qolishadi.

"PSJ" - "Barselona" o‘yini chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59da bo‘lib o‘tadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati