Liverpul Saloh bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 17:16
"Liverpul"ning 31 yoshli vingeri Muhammad Saloh yozda jamoani tark etishi mumkin.

HITC nashri xabariga ko‘ra, ingliz klubi ishonchli taklif tushsa, vinger bilan xayrlashishga tayyor. O‘tgan yozda Saloh Saudiya Arabistoni klubiga o‘tishi mumkin edi, ammo Yurgen Klopp uni qolishga ko‘ndirgandi.

Saloh tez orada 32 yoshga to‘lishini inobatga olsak, "Liverpul" uni katta mablag‘ga sotib, jamoaning kelajagi quriladigan istiqbolli yosh futbolchilarni sotib olishi mumkin.

Qayd etilishicha, Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi hujumchi Karim Benzemani misrlik futbolchiga almashtirmoqchi bo‘lgan Salohni sotib olmoqchi.

Saloh joriy mavsumda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati