River Pleyt yarim himoyachisiga Yevropaning to‘rt klubi qiziqish bildirmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 13:02
"River Pleyt" yarim himoyachisi Franko Mastantuono yozda Yevropaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Sport.es xabariga ko‘ra, argentinalik yarim himoyachi xizmatlariga "Real", "Barselona", "Manchester Siti" va "Chelsi" qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Barselona" Mastantuononing transferi bo‘yicha aniq strategiyaga ega. "Blaugrana" yarim himoyachiga murabbiylar shtabi ishonchini va jamoada 10-raqamdagi muhim rolni va’da qilmoqchi.

Mastantuononing "River Pleyt" bilan shartnomasida tovon puli 45 million yevro qilib belgilangan. Bu omil "Barselona"ga transferni amalga oshirishga xalaqit berishi mumkin.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati