“YUventus” Vlaxovichga o‘rinbosar topdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 12:58
Leverkuzenning “Bayer” klubida o‘ynayotgan nigeriyalik hujumchi Viktor Bonifase faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttosport sahifalarida xabar berildi.

23 yoshli afrikalik futbolchi bilan Turinning “Yuventus” klubi qiziqmoqda. "Keksa sinyora" rahbariyati serbiyalik Dushan Vlaxovichning o‘rniga Bonifase nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Germaniya Bundesligasining joriy mavsumida Viktor 17 ta o‘yin o‘tkazib, o‘nta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining transfer qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati