Vinisius muhim qaror qabul qildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 12:50
Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior faoliyatidagi muhim qarorni qabul qildi. Avvalroq braziliyalik futbolchini yozda uchta top-klub "PSJ", “Chelsi” va “Liverpul” sotib olishga tayyor ekani haqida xabar berilgandi.

Biroq, jurnalist Xose Feliks Diasning ma’lumotlariga ko‘ra, Vinisius boshqa jamoalarning takliflarini ham tinglamoqchi emas. Braziliyalik futbolchi "Real Madrid"da baxtli va Kilian Mbappe yozda "Santyago Bernabeu"ga kelish ehtimoli katta bo‘lishiga qaramay, ketishni rejalashtirmayapti.

Manba, shuningdek, Madridning “Real” klubi Vinisiusni klubning yuzi deb bilishini aytadi. Hujumchi joriy mavsum Ispaniya chempionatida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati