Amorim: Mahorat – muvaffaqiyat garovi!

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 12:46
Hayotda o‘z vazifasini a’lo darajada uddalaydigan kishilar qisqa vaqt ichida ko‘pchilik e’tiborini qozonadilar, nomlari OAVda tez-tez paydo bo‘ladi.

 Hikoyamiz qahramoni bo‘lmish Ruben Amorim yosh, lekin ajoyib natijalarga erishayotgan murabbiylar toifasidan.

Endigina 39ga chiqqan mutaxassisni bir qator grandlar bo‘lajak bosh murabbiy sifatida tasavvur qilmoqdalar. Jumladan, «Liverpul», «Barselona» va «Chelsi» mutasaddilari Amorim nomzodini sinchiklab ko‘rib chiqishayotgani haqida gap-so‘zlar ko‘paymoqda. Rubenning «Sporting»i hozir «Benfika»dan bitta o‘yinni kam o‘tkazgan holda, 1 ochkolik farq bilan Portugaliya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. Demak, farqni 4taga yetkazib olish faqat uning o‘ziga bog‘liq. Xullas, «sherlar» Amorim rahbarligidagi 4 yil ichida ikkinchi marta shohsupaga ko‘tarilish niyatidalar.

Ha, bundan 4 yil muqaddam, mart oyining dastlabki kunlarida «Sporting» navqiron mutaxassis rahbarligida ilk bor maydonga tushib, «Avesh»dan 2:0 hisobida ustun kelgandi. Lekin murabbiyning debyuti g‘alaba bilan boshlangan bo‘lsada, jamoaning holati havas qiladigan darajada emasdi. Shu bois, «sherlar»dagi ijobiy o‘zgarishlar Amorimga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirib yubordi va grandlar murabbiyni qo‘lga kiritishga kirishdilar.

O‘zining nimalarga qodir ekanligini Ruben Amorim «Braga» klubida namoyish eta boshladi. 2019 yil oxirida mutasaddilar Rikardu Sa Pintuni iste’foga chiqarishgach, yoshlar jamoasini boshqarayotgan yosh murabbiyda kattalar jamoasiga o‘tish imkoniyati yuzaga keldi. Taajjubki, 34 yoshli mutaxassis jamoasi juda qisqa vaqt ichida ochiq va hujumkor o‘yin ko‘rsata boshladi.

17 yanvar -15 fevral oralig‘ida «Braga» «Portu» va «Sporting» bilan 2 martadan, «Benfika» bilan 1 marta kuch sinashdi va ... nima deb, o‘ylaysiz, 5ta uchrashuvni g‘alaba bilan yakunladi. Ha, Portugaliya grandlari tiz cho‘ktirdi, jumladan, Kubok finalida «Portu»dan sovrinni tortib oldi! Shu tariqa Amorim murabbiylik faoliyatidagi dast­labki sovrinni qo‘lga kiritdi.
Liganing boshqa jamoalari qatori «Sporting» ham Rubenning o‘ziga xos noyob iqtidor sohibi ekanligiga amin bo‘ldi va martning ilk kunlarida 3 oyga yetmagan vaqt ichida «Braga»da fantastik parvozni namoyish etgan murabbiyni o‘z safiga qo‘shib oldi. Buning uchun poytaxt klubi 10 mln. yevro sarfladi. O‘sha paytda bu murabbiylar o‘rtasidagi uchinchi qiymatli transfer bo‘lsa, Portugaliya ligasi mezonida qimmatbaho kelishuv edi. Lekin boshqa tomondan, klub rahbariyati bilan muxlislar o‘rtasidagi keskin munosabatni inobatga olganda, qaltis qaror edi. Biroq Amorim xaridini asossiz isrofgarchilikka yo‘ygan muxlislar bu gal xato qilishgandi.
Ruben rahbarligidagi 4 yil ichida «Sporting» (324) «Benfika»ni 10 (314) ochkoga ortda qoldirib, «Portu»dan (331) 7 ballga ortda bormoqda. Yangi murabbiy bilan «sherlar» o‘rtacha 2,38 ochko olishmoqda. Ungacha bo‘lib o‘tgan 136ta o‘yindagi o‘rtacha ko‘rsatkich 2,13 ballga teng edi va jamoa «Benfika» (2,51) va «Portu»ni (2,42) oldinga o‘tkazib yuborgandi. 2019|20 yillar mavsumida «Sporting» «Braga»dan ke­yingi 4-o‘rinni egallagandi. To‘g‘ri, eng yaxshi natija emas, lekin rahbariyat yosh murabbiyga ishonchni yo‘qotmagandi.
2020|21 yillar mavsumini «Sporting» 2002 yildan beri chempion bo‘la olmagan holatda boshladi. Portugaliya futbolida «Ulkan uchlik» hukmronlik qiladi. Biroq uning uchinchi jamoasi «Portu» va «Benfika»dan sharmandali darajada ortda qolib ketgan. «Sherlar»ning o‘sha 2002 yildagi chempionligi bilan Amorim rahbarligidagi dastlabki to‘liq mavsum oralig‘ida «Portu» 11 marta, «Benfika» 7 marta shohsupaga ko‘tarildi. Qizig‘i, Ruben «burgutlarning 3ta chempionlik mavsumida shu jamoa tarkibida to‘p surgandi. Endi poytaxtning ikki grandiga bevosita aloqador bo‘lgan Amorimdan «Sporting» muxlislarini o‘z tomoniga og‘dirish talab etilardi. 2020|21 yillar mavsumida «sherlar» g‘olib chiqishdi. Garchi bu murabbiy Rubenning ilk chempionligi bo‘lsada, uning shogirdlari 2ta Liga Kubogi va Portugaliya Superkubogini ham qo‘lga kiritishdi. E’tiborlisi, Superkubok bahsida «sherlar» Amorimning sobiq jamoasi - «Braga»ni mahv etdilar.
O‘tgan mavsum Amorimning hafsalasini pir qildi. «Sporting» birorta sovrinni qo‘lga kirita olmay, yetakchi uchlikdan tushib qoldi. Sababi, yetakchi o‘yinchilar - Joau Palinya «Fulxem»ga, Mateus Nunyesh «Vulverxempton»ga o‘tib ketishgandi. «PSJ»dan ijaraga olingan Pablo Sarabiya esa Parijga qaytib ketdi. Lekin omadsiz mavsumdan keyin ham klub murabbiyni qo‘llab-quvvatlashda davom etdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati