Adriyen Rabyo: «Hozir shoshiladigan vaqt emas»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 12:06
«Yuventus» yarim himoyachisi Adriyen Rabyo ortda qolgan FIFA kunlari vaqti Fransiya milliy jamoasi lagerida bo‘ldi.

Turin klubi rasmiy sayti esa chempionatda yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan holda, fransiyalik futbolchini suhbatga chorladi. Bosh mavzu - yarim himoyachining kelajagi. Binobarin, Adriyen va «Yuventus» o‘rtasidagi shartnoma joriy mavsum yakunida o‘z kuchini yo‘qotadi.

- Adriyen, amaldagi shartnomangiz joriy yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Xo‘sh, kelajak bo‘yicha aniq rejangiz bormi?

- Yo‘q, har holda, kelajak masalasida hali biror to‘xtamga kelmadim. O‘tgan yili yevrokubokda o‘ynamasligimizni bilgach ham, «Yuventus»da qolishni ma’qul ko‘rgandim. Shaxsan o‘zim uchun juda muhim tanlov! Keyingi mavsum esa «Yuve» CHLda qatnashishi kerak, qolaversa, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga ham boramiz. Xullas, barchasini obdon o‘ylab ko‘rish talab etiladi. Lekin qaytaraman, hali qolish yoki ketish borasida yakuniy qarorga kelganim yo‘q.

- Unda qachon qaror chiqarasiz?

- Mavsum tugashini kutyapman, shundan so‘ng klub vakillari bilan bemalol  muzokara boshlash imkoni tug‘iladi. Hozir esa bor e’tiborimni bo‘lajak o‘yinlarga qaratishim kerak, zero, mavsumni yaxshi yakunlashimiz zarur. Qolaversa, Yevropa chempionatiga to‘laqonli tayyorgarlik ko‘rish uchun kichik jarohatlardan qochish ham muhim. Xullas, qaror qabul qilishda aslo shoshilmayman. Hammasini taroziga solib ko‘rmasam bo‘lmaydi, chunki faoliyatimning eng muhim pallasiga qadam tashlayapman. Fransiya milliy jamoasida sardorlik bog‘ichini olganim ham xuddi klubdagi kabi termada ham keyingi darajaga o‘tganimdan dalolatdir. Murabbiy meni juda yaxshi biladi, u bilan ko‘p jihatlarni muhokama qilamiz. Yakuniy gap unda. Menimcha, Yevropa chempionatiga xotirjam kirishish uchun start­dan oldin yakdil to‘xtamga kelishim kerak.
- «PSJ»dan yana taklif tushgani rostmi?
- «Yuventus» safiga qo‘shilganimdan buyon har yili meni «PSJ»ga «bog‘lash»lari oddiy holga aylanib qoldi. Bir tomondan, bunday qiziqish va e’tibor o‘zimga yoqadi. Ikkinchi tarafdan, transferlar bo‘yicha ishlar qanday rivojlanishini tushunish qiyin. Umuman, siz futbolda eshiklarni hech qachon qattiq yopolmaysiz. To‘g‘ri, «PSJ» variantiga hech qachon ustuvor yo‘l sifatida qaramaganman.
- Pol Pogba diskvalifikasiyasiga qanday munosabat bildirasiz?
- Shunday holat sodir bo‘lgani juda achinarli. Pol bilan hamon aloqadaman, muntazam ravishda gaplashib turibman. Deylik, yaqinda ham Turinga keldi. Bilishimcha, apellyasiya berish uchun diskvalifikasiyaning aniq sabablari keltirilishini kutgan. Umid qilamanki, Pog­baga nisbatan tayinlangan jazo yumshatiladi oxir-oqibat. Uning o‘zi ham 4 yil juda uzoq muddat ekanligini aytdi. O‘ylaymanki, yakunda yechim topiladi...

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati