Rustam Ashurmatov: «Shomurodov boshqacha darajadagi o‘yinchi ekani mashg‘ulotlarda seziladi»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 11:58
Rossiyaning «Rubin» klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov «Match TV» kanaliga bergan intervyusida O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.— O‘zbekistonda RPL o‘yinlarini kuzatib borishadimi?— Kuzatishadi. Mengacha bu yerda Eldor Shomurodov, Odil Ahmedov kabi o‘zbek futbolchilari to‘p tepgan.— Shomurodov bilan gaplashib turasizmi?— Ha, u mening eng yaqin do‘stim. Birga Milliy jamoada o‘ynaymiz. Shuningdek, Fayzullayev bilan ham gaplashib turamiz. Shomurodov Italiya haqida so‘zlab beradi. U yaqinda jarohatidan tiklandi. U barchamiz uchun namuna, albatta. Eldor Rossiyadan chiqib, Yevropaga yo‘l oldi. Bizda ham bunday imkoniyat mavjud. U boshqacha darajadagi o‘yinchi ekani mashg‘ulotlarda seziladi. — Siz esa Yevropadagi sevimli chempionat qaysi?— Hozircha bu haqda gapirishga erta. Albatta, eng yaxshi ligalarda o‘ynashni istardim, ammo hozircha «Rubin»da o‘zimni yaxshi his qilyapman.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati