Nonushtaga iste’mol qilinganida energiya baxsh etuvchi mahsulotlar

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 11:54
Zamonaviy dunyoda uyqusizlik haqiqiy epidemiyaga aylanib ulgurgan: vaqtida uxlashga yotmaslik, tunda gadjetlardan soatlab foydalanish, kundalik stress va boshqa ko‘plab omillar doimiy charchoq va uyquchanlikni keltirib chiqarmoqda.

Bunga kun tartibini to‘g‘rilash va rejalashtirish hamda ba’zi tetiklantiruvchi mahsulotlar yechim bo‘la oladi. Tongda uyg‘ongach qahva ichish odati esa doim ham foyda beravermaydi. Quyida o‘zingizni tetik his etish uchun yordam beradigan mahsulotlar bilan tanishamiz.

Limonli suv

Tongda limon sharbati qo‘shilgan iliq suv tezroq uyg‘onishingizga ko‘mak beradi. Bunga limon tarkibidagi salbiy ionlar sababchi: oshqozonga limon sharbati tushgach, organizm to‘liq uyg‘onadi.

Banan

Ushbu tropik meva tarkibida ko‘plab kaliy moddasi va turli mikroelementlar mavjudligi bois banan energetik ichimliklarga qiyoslanadi. Shuningdek, banan juda to‘yimli mahsulotlar sirasiga kiradi va gazli ichimliklardan farqli ravishda mevaning zararli xususiyatlari yo‘qdir.
Chia urug‘i
Chia urug‘ini tabiiy yogurt yoki tvorogga qo‘shib, nonushtaga iste’mol qiling. Undagi oqsillar, yog‘lar va kletchatkalar uzoq vaqt davomida energiyaga to‘lib yurishingizga sababchi bo‘ladi. Shuningdek, antioksidantlar va omega kislotalarga boy chia urug‘i qondagi qand va xolesterin darajasini pasaytiradi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati