Italyano: Yuventusdan qo‘rqib o‘ynadik

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 11:00
"Fiorentina" bosh murabbiyi Vinchenso Italyano jamoasining "Yuventus"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyati (0:1) haqida gapirdi.

Yakshanba kuni A Seriyaning 31-turi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi yagona golni 21-daqiqada "byankonerilar" himoyachisi Federiko Gatti kiritdi.

"Biz birinchi bo‘limda "Yuventus"dan qo‘rqib o‘ynadik. O‘ylaymanki, biz keyinroq nimadir yaratishga muvaffaq bo‘ldik, lekin baribir raqib jamoaning jarima maydonchasiga kirishda qiynalganimiz sababli birinchi bo‘limda pand yedik.

"Yuventus" jismonan kuchli va juda tajovuzkor edi, biz esa to‘pni juda sekin harakatlantirdik va raqiblarga barcha bo‘sh joyni egallashga imkon berdik.

Tanaffus oldidan aynan shu katta xato bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda xarakter ko‘rsatdik, vaziyatlar yaratdik, gol urishga yaqin keldik" - dedi Italyano.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati