“Manchester Siti” yozda muhim futbolchilaridan birini yo‘qotishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 10:30
“Manchester Siti” yozda muhim futbolchilaridan birini yo‘qotishi mumkin, chunki shartnoma bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.Mart oyi boshida asosiy darvozabon Ederson jarohat olganidan so‘ng, Stefan Ortega so‘nggi haftalarda jamoaning asosiy o‘yinchisi bo‘ldi.Biroq nemis darvozaboni bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolgani va 31 yoshli futbolchi yozda jamoadan ketishi mumkinligi xabar qilinmoqda.Ortega 2022 yilning yozida “Armeniya Bilefeld”dan “Manchester Siti”ga o‘tgan va ikki mavsum davomida klub uchun 28 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Orteganing amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi va Bild nashri yangi shartnoma borasida hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaganini ta’kidlamoqda.

Daily Mail xabariga ko‘ra, darvozabon yaqinda Gamburgdan uy sotib olgan, ammo bu uyni yashash niyatida olmagan bo‘lishi ham mumkin.FourFourTwo nashri fikriga ko‘ra, “Siti”ning Ortegani saqlab qolishi klubi uchun foydali bo‘ladi. Nemis darvozaboni klubdagi vaqtida Edersonga ishonchli zaxira bo‘lib kelgan va yakunda yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishiladi.“Siti” o‘tgan mavsumda “trebl”ni qo‘lga kiritdi va hozirda o‘sha tarixiy g‘alabani takrorlash uchun kurashmoqda.Amaldagi chempionlar shanba kuni “Kristal Pelas”ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati