Sitiga qarshi bahsda Ryudigerning sherigi kim bo‘ladi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 10:08
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti markaziy himoyada Antonio Ryudigerning sherigi kim bo‘lishini hali hal qilmadi.

Seshanba kuni "Los-Blankos" Chempionlar ligasi chorak finalining ilk uchrashuvida "Manchester Siti"ni qabul qiladi.

Diario AS xabariga ko‘ra, Anchelotti so‘nggi daqiqagacha Ryudiger bilan birgalikda himoya markazidan qaysi futbolchiga joy berishni hal qilmoqchi emas.

Italiyalik murabbiy sardor Nacho Fernandes va so‘nggi o‘yinlarda markaziy himoyachi sifatida ajoyib o‘yin ko‘rsatgan yarim himoyachi Aureliyen Tchuameni o‘rtasida tanlov qilib ko‘radi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati