Xavfli kasallikka qarshi global tavsiyalar e’lon qilindi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 63
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 09:50
2040 yilga borib, dunyoda prostata bezi saratoni bilan kasallanish ko‘rsatkichi 2 baravar, xastalikdan o‘lim statistikasi esa 85 foiz (yiliga qariyb 700 mingta)ga ko‘payishi mumkin. Ushbu o‘sish tendensiyasidan asosan past va o‘rta daromadli mamlakatlar aholisi aziyat chekishi taxmin qilinyapti.

Buyuk Britaniyaning nufuzli “The Lancet” tibbiy jurnalida e’lon qilingan hisobot ayni shu mavzuga bag‘ishlandi. Undan bir guruh xalqaro tadqiqotchilarning tahlil va prognozlari bilan birga, prostata bezi saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha global tavsiyalar ham o‘rin olgan.

Hisobotda qayd etilishicha, yuqori xavf guruhiga mansub odamlar o‘rtasida erta skrining qamrovini kengaytirish — eng samarali chora. Bunga erishish uchun ish va jamoat joylari, savdo markazlari hamda salomatlik yarmarkalarida ko‘chma laboratoriyalar orqali ixtiyoriy tibbiy test topshirishni yo‘lga qo‘yish taklif qilinmoqda.

Bu yo‘l bilan saratonni erta bosqichda aniqlash barobarida, uni samarali davolashga erishish mumkin. Mazkur jarayonda asosiy e’tibor yosh erkaklarga qaratilishi maqsadga muvofiq.

Chunki prostata bezi saratoni sekinlik bilan rivojlanib, yaqqol belgilari kech bosqichda namoyon bo‘ladi. Biroq keksalarda uni davolash og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi va hatto o‘limga olib kelishi xavfi yuqori.

Shuningdek, hisobotda aholining xastalikka doir xabardorligini oshirish muhimligi keltirilgan. Bunda mobil ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar va OAV imkoniyatlaridan keng foydalanish kutilgan natijalarni berishi, shubhasiz.
Bundan tashqari, kasallikka erta tashxis qo‘yish uchun diagnostika jarayoniga sun’iy intellektni tatbiq etish ustida ishlash kerak. Qolaversa, past va o‘rta daromadli mamlakatlarda jarrohlar hamda radioterapiya uskunalari taqchilligini bartaraf etish e’tibor markazida bo‘lishi zarur.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati